Mualliflarga yoʻriqnoma

“ORBITA” jurnaliga maqola taqdim etuvchi mualliflar quyidagi talablarga toʻliq rioya qilishlari shart. Talablarga javob bermaydigan maqolalar koʻrib chiqilmaydi.

1. Umumiy talablar

  • Til: oʻzbek, rus yoki ingliz.
  • Hajmi: 8–15 sahifa (foydalanilgan adabiyotlar bilan birga).
  • Format: Microsoft Word (.doc/.docx); A4; Times New Roman; 14 kegl; 1,5 qatorlararo interval; barcha tomondan 2 sm chekka.
  • Originallik: kamida 75% (antiplagiat tekshiruvidan oʻtadi).
  • Maqola ilgari nashr etilmagan va boshqa jurnalga taqdim etilmagan boʻlishi kerak.

2. Muallif(lar) haqida maʼlumot

Maqola boshida har bir muallif haqida quyidagilar koʻrsatiladi (uch tilda):

  • Familiya, ism, otasining ismi (toʻliq).
  • Ish joyi (tashkilot toʻliq nomi) va lavozimi.
  • Ilmiy darajasi yoki unvoni (mavjud boʻlsa: PhD, DSc, dotsent, professor).
  • Elektron pochta (e-mail).
  • ORCID identifikatori (orcid.org dan bepul olinadi).

3. Maqola tuzilishi (IMRAD)

Maqola xalqaro ilmiy standart — IMRAD tuzilishiga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:

  1. Sarlavha — qisqa, aniq va mazmunni ochib beruvchi (uch tilda).
  2. Annotatsiya (100–250 soʻz) va kalit soʻzlar (5–8 ta) — uch tilda.
  3. Kirish. Muammoning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari.
  4. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Sohadagi mavjud tadqiqotlar tahlili, ilmiy boʻshliqni aniqlash.
  5. Tadqiqot metodologiyasi. Foydalanilgan usullar, maʼlumotlar manbai va tahlil vositalari.
  6. Tahlil va natijalar. Olingan natijalar jadval, diagramma va statistik koʻrsatkichlar bilan.
  7. Xulosa va takliflar. Asosiy xulosalar, amaliy tavsiyalar va kelgusi tadqiqot yoʻnalishlari.
  8. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (APA formatida).

4. Iqtibos va adabiyotlar (APA format)

  • Iqtiboslar APA (7-nashr) uslubida rasmiylashtiriladi.
  • Matn ichida: (Muallif, yil) yoki (Muallif, yil, b. XX). Masalan: (Karimov, 2024).
  • Roʻyxatda: kamida 10 ta manba, alifbo tartibida. Har bir manbaga DOI (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
  • Namuna: Karimov, A. (2024). Maqola nomi. Jurnal nomi, 12(3), 45–58. https://doi.org/10.xxxx/xxxx

5. Jadval, rasm va formulalar

  • Jadval va rasmlar ketma-ket raqamlanadi va sarlavha bilan taʼminlanadi.
  • Rasmlar aniq (kamida 300 dpi), matnga havola bilan.
  • Formulalar Microsoft Equation yoki MathType orqali yoziladi.

6. Qoʻshimcha talablar

  • Manfaatlar toʻqnashuvi: muallif(lar) manfaatlar toʻqnashuvi yoʻqligini yoki mavjudligini koʻrsatadi.
  • Moliyalashtirish: tadqiqot grant yoki tashkilot tomonidan moliyalashtirilgan boʻlsa, koʻrsatiladi.
  • Sunʼiy intellekt: SI vositalaridan foydalanilgan boʻlsa, oshkor qilinadi (SI siyosatiga qarang).

Maqola jurnal sayti orqali yoki info@orbita-journal.uz manzili orqali taqdim etiladi.