SI (AI) siyosati

“ORBITA” jurnali sunʼiy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishga oid quyidagi qoidalarga amal qiladi:

  • Maqola tayyorlashda SI vositalaridan (ChatGPT va shu kabilar) foydalanilgan boʻlsa, muallif buni maqolada oshkor qilishi shart.
  • SI tizimi maqola muallifi yoki hammuallifi boʻla olmaydi — ilmiy mazmun uchun javobgarlik faqat mualliflar zimmasida qoladi.
  • SI yordamida toʻqib chiqarilgan (soxta) maʼlumot yoki manbalarni taqdim etish qatʼiyan taqiqlanadi va maqolani rad etishga asos boʻladi.
  • Taqrizchilar maqola matnini yoki maxfiy maʼlumotlarni tashqi SI xizmatlariga yuklashi taqiqlanadi.