Mualliflarga yoʻriqnoma
“ORBITA” jurnaliga maqola taqdim etuvchi mualliflar quyidagi talablarga toʻliq rioya qilishlari shart. Talablarga javob bermaydigan maqolalar koʻrib chiqilmaydi.
1. Umumiy talablar
- Til: oʻzbek, rus yoki ingliz.
- Hajmi: 8–15 sahifa (foydalanilgan adabiyotlar bilan birga).
- Format: Microsoft Word (.doc/.docx); A4; Times New Roman; 14 kegl; 1,5 qatorlararo interval; barcha tomondan 2 sm chekka.
- Originallik: kamida 75% (antiplagiat tekshiruvidan oʻtadi).
- Maqola ilgari nashr etilmagan va boshqa jurnalga taqdim etilmagan boʻlishi kerak.
2. Muallif(lar) haqida maʼlumot
Maqola boshida har bir muallif haqida quyidagilar koʻrsatiladi (uch tilda):
- Familiya, ism, otasining ismi (toʻliq).
- Ish joyi (tashkilot toʻliq nomi) va lavozimi.
- Ilmiy darajasi yoki unvoni (mavjud boʻlsa: PhD, DSc, dotsent, professor).
- Elektron pochta (e-mail).
- ORCID identifikatori (orcid.org dan bepul olinadi).
3. Maqola tuzilishi (IMRAD)
Maqola xalqaro ilmiy standart — IMRAD tuzilishiga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
- Sarlavha — qisqa, aniq va mazmunni ochib beruvchi (uch tilda).
- Annotatsiya (100–250 soʻz) va kalit soʻzlar (5–8 ta) — uch tilda.
- Kirish. Muammoning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari.
- Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Sohadagi mavjud tadqiqotlar tahlili, ilmiy boʻshliqni aniqlash.
- Tadqiqot metodologiyasi. Foydalanilgan usullar, maʼlumotlar manbai va tahlil vositalari.
- Tahlil va natijalar. Olingan natijalar jadval, diagramma va statistik koʻrsatkichlar bilan.
- Xulosa va takliflar. Asosiy xulosalar, amaliy tavsiyalar va kelgusi tadqiqot yoʻnalishlari.
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (APA formatida).
4. Iqtibos va adabiyotlar (APA format)
- Iqtiboslar APA (7-nashr) uslubida rasmiylashtiriladi.
- Matn ichida: (Muallif, yil) yoki (Muallif, yil, b. XX). Masalan: (Karimov, 2024).
- Roʻyxatda: kamida 10 ta manba, alifbo tartibida. Har bir manbaga DOI (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
- Namuna: Karimov, A. (2024). Maqola nomi. Jurnal nomi, 12(3), 45–58. https://doi.org/10.xxxx/xxxx
5. Jadval, rasm va formulalar
- Jadval va rasmlar ketma-ket raqamlanadi va sarlavha bilan taʼminlanadi.
- Rasmlar aniq (kamida 300 dpi), matnga havola bilan.
- Formulalar Microsoft Equation yoki MathType orqali yoziladi.
6. Qoʻshimcha talablar
- Manfaatlar toʻqnashuvi: muallif(lar) manfaatlar toʻqnashuvi yoʻqligini yoki mavjudligini koʻrsatadi.
- Moliyalashtirish: tadqiqot grant yoki tashkilot tomonidan moliyalashtirilgan boʻlsa, koʻrsatiladi.
- Sunʼiy intellekt: SI vositalaridan foydalanilgan boʻlsa, oshkor qilinadi (SI siyosatiga qarang).
Maqola jurnal sayti orqali yoki info@orbita-journal.uz manzili orqali taqdim etiladi.
